Ahloq va tarbiyaning shoir she’riyatidagi yangicha talqini

Zamonamiz shiddat bilan rivojlanayotgan bugungi bir davrda axloqiy masalalar tobora dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.

Ana shunday paytda ma’naviyat eshigini ochib, yosh avlodni ezgulikning yangi go‘zalliklaridan bahramand qilish har bir ijodkor zimmasiga ulkan mas’uliyat yuklaydi.

Marhum bolalar shoiri Abdurahmon Akbar she’riyatida axloq va tarbiya masalasining yangicha talqini va yetakchi g‘oyaviy yo‘nalishi o‘ziga xosdir. Sevimli ijodkorimiz 54 yil umri davomida yosh avlod uchun ma’naviyat gulshanini yaratib ketdi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Bizga ma’lumki, shoirning badiiy iqtidori qay darajada ekanligini, u yaratgan obrazlar belgilab beradi. Sababi obraz osonlik bilan yuzaga kelmaydi – shoirning hayotiy kuzatishlari, badiiy to‘qimasi orqali umumlashgan holda shakllanadi. Chunki adabiyotning o‘zi ham obrazli tafakkurdir.

Abdurahmon Akbarning she’rlarida yaratilgan obrazlarda yangicha mazmun va yangicha shaklning uyg‘unligini ko‘rishimiz mumkin. Ya’ni shoir xalq og‘zaki ijodiga tayangan holda yangi ertaklar turkumini yangicha talqinda yaratgan. Ijodkorning she’riy ertaklari yosh kitobxonlar ko‘nglidan chuqurroq joy olgan. Uning ayniqsa, “Ilmning sharofati”, “Qora shaqshaq”, “Ona hurmati”, “Tadbirkor o‘g‘il”, “Bog‘” nomli yangi talqindagi she’riy ertaklari bolajonlar qalbini ezgulik nurlariga to‘ldirgan.

Sevimli shoirimizning “Bog‘” nomli she’riy ertagi mazmunan hikmatga boy asar. Ertakda xalqimizning bir qancha ijobiy fazilatlari qalamga olinadi. Asarda keksa bog‘bon chol, uch o‘g‘lini dunyodagi eng qimmatbaho durni topib kelishga jo‘natib, aytilgan durni olib kelgan farzandiga o‘zi yaratgan muhtasham bog‘ni meros sifatida qoldirishni aytadi. Mo‘ysafid aytgan dunyodagi eng qimmatbaho marvaridni katta va o‘rtancha o‘g‘il keltiradi, kenja o‘g‘il esa marvarid o‘rniga yelkasida ko‘z yoshlarini keladi.

Mohir shoirimiz ana shu ko‘z yoshlar orqali she’riy ertagining asl hikmatini bayon qiladi:

 

Kenjatoyin atrofin.

Qarindoshlar o‘rabdi.

– O‘g‘lim during qani? – deb

Ota sekin so‘rabdi.

Yelkalaringda nelar

Porlamoqda zardayin?

Ha, bildim, sen durlarning

Taqvolgansan atayin.

Ular durmas, otajon,

– Debdi kenja chayqab bosh.

Qani edi dur bo‘lsa,

Bular – bor-yo‘g‘i ko‘z yosh…

 

Kenja o‘g‘il safari davomida otasi aytgan durni topa olmaganini, yo‘lda esa sigiri o‘lib qolgan yetimlarga duch kelganini va ularga mehribonlik qilib, o‘z puliga bozordan sigir hamda yeguliklar olib berganini aytib beradi. Bu ishidan bolakaylar va ularning onasi judayam hursand bo‘lib, kenja o‘g‘ilning yelkalariga boshlarini qo‘yib, yig‘laganlarini so‘zlaydi. Oqil farzandidan bu gaplarni eshitgan dono chol boshi ko‘kka yetib, o‘g‘lining yuzi-ko‘zidan o‘pib, quchoqlab, unga shunday dedi:

Yana o‘qing:  Jasorat

 

Insoniy vazifangni

O‘g‘lim, etibsan ado.

Sen keltirgan bu durlar.

Jami boylikdan a’lo.

Oliyjanoblik qilib,

Farzandim, eng kerak chog‘

Sog‘irlarning qalbida

Yaratib qo‘yibsan bog‘.

Yetimning sevinch yoshi

Minglarcha durdan avzal.

Men bog‘ egasin topdim,

Masala shu topda hal:

Ey, sevikli farzandim

Yaratganga ming rahmat.

Bog‘ga ega bo‘lishga.

O‘zing haqlisan faqat.

 

Real hayotga nazar tashlasak, ko‘z yoshlar ojizlikning tabiiy belgisidir. Xuddi shu ko‘z yoshlar badiiy adabiyotda armon, sog‘inch, sevinch ramzi bo‘lsa, shoirning ushbu “Bog‘” nomli she’riy ertagida cheksiz minnatdorlik, shodlik timsoli bo‘lib, yangicha mazmun kasb etmoqda. Abdurahmon Akbar ijodi tugalmas hikmat bulog‘iga o‘xshaydi. Bu buloqning suvidan ichgan kitobxon yana va yana ichkisi kelaveradi.

 

Hilola XO‘JAMIYOROVA,

Qumqo‘rg‘on “Qorsoqli” xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kolleji 2-bosqich o‘quvchisi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: