7 kun davomida

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Yoshlar siyosati, madaniyat, axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari Kompleksining 2016 yil 9 oyida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish yakunlariga bag‘ishlangan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda Kompleks tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralarda 2016 yil uchun belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini to‘la amalga oshirish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar belgilanib, tegishli qarorlar qabul qilindi.

 

Toshkentda “Ipak yo‘lida turizm” XXII Toshkent xalqaro sayyohlik yarmarkasi yakunlandi. Mazkur anjumanda O‘zbekiston, Yaponiya, Chili, Fransiya, Rossiya, Litva, Hindiston, Birlashgan Arab Amirliklari, Portugaliya, Tailand, Turkiya, Turkmaniston kabi davlatlardan yuzdan ziyod sayyohlik firma va kompaniyalar vakillari ishtirok etdi.

 

Respublika olimpiya zahiralari tennis maktabida Professional tennischilar uyushmasi (ATR) musobaqalari taqvimidan joy olgan “Tashkent Challenger – 2016” an’anaviy xalqaro turniri start oldi. Nufuzli musobaqada yigirmaga yaqin davlat vakillari yakkalik va juftlik bahslarida g‘oliblik uchun kuch sinashmoqda.

 

Futbol bo‘yicha o‘zbekiston milliy terma jamoasi 2018 yili Rossiyada bo‘ladigan jahon chempionati Osiyo saralash musobaqasi uchinchi bosqichi to‘rtinchi tur uchrashuvida Xitoy futbolchilari ustidan 2: 0 hisobida g‘alaba qozondi.

Futbolchilarimiz 15 noyabr kuni o‘tadigan navbatdagi o‘yinda Janubiy Koreya terma jamoasi mehmoni bo‘ladi.

 

“Sog‘lom avlod” muxbirlari xabarlari asosida tayyorlandi

Yana o‘qing:  “Yarim oy” kulchasi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: