7 kun davomida

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Deputatlar tomonidan “Keksalar, nogironlar va aholining boshqa ijtimoiy hojatmand toifalariga ijtimoiy xizmatlar to‘g‘risida”gi qonun loyihasi birinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi.

 

O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning 2016 yil 8 iyundagi “XII Xalqaro o‘zbek paxta va to‘qimachilik yarmarkasini tashkil etish va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra joriy yilning 12-13 oktyabr kunlari Toshkent shahrida XII Xalqaro o‘zbek paxta va to‘qimachilik yarmarkasi bo‘lib o‘tadi.

 

Poytaxtimizda shahar infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha O‘zbekiston – Yaponiya konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Tadbir doirasida tashkil etilgan kooperatsiya birjasida ikki mamlakat tashkilotlari o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish, tomonlarni qiziqtirgan sohalar bo‘yicha qo‘shma loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

 

Navoiyda faoliyat boshlagan “Kamolot” kitob dunyosi” kitob savdo markazida ijtimoiy-siyosiy, ilmiy-ommabop, badiiy kitoblar, darsliklar sotuvi yo‘lga qo‘yildi.

 

“Sog‘lom avlod” muxbirlari xabarlari asosida tayyorlandi

Yana o‘qing:  Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining VIII s’yezdi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: