Men mustaqillik askariman!

(Do‘stim Azizjonga xat)

Salom, do‘stim!

Bilasanmi, sen bilan oxirgi marta uchrashganimizdan keyin harbiylikka qiziqishim yanada ortdi. Chunki, o‘sha kuni akang Jasur katta leytenant harbiy unvonini olgan, men esa bir-ikki kundan keyin harbiy xizmatga ketadigan edim. To‘g‘risi, o‘sha kuni Jasur akani tabriklagani borganimizda, uning xizmatdoshlari bilan munosabati, yurish-turishini ko‘rib, ularga ich-ichimdan havasim kelgandi.

Mana, bugun o‘zim ham harbiy xizmatdaman. O‘tgan vaqt ichida chiqargan xulosalarimni aytaymi? Men aynan shu yoshimda yigitlik burchini ado etgani kelganim ayni muddao bo‘ldi. Fe’limdagi bir oz dangasalik, tartibsizlik bartaraf bo‘ldi. O‘zimga bo‘lgan ishonchim yanada ortdi. Vatanni sevish, uni himoya qilish asl insoniylik burchim ekanini angladim. Bu esa mamlakatimizda amalga oshirilayotgan siyosatning naqadar to‘g‘ri ekanini anglatadi. Zero, oq-qorani ajratadigan paytimda harbiy xizmatda haqiqiy hayot sabog‘ini oldim.

Aziz, maktabda o‘qib yurgan paytlarimizda armiyaga, harbiy hayotga, askarcha yurish-turishga qiziqib, akangga juda ko‘p savollar berganimiz esingdami? Jasur aka ham erinmay, barcha so‘roqlarimizga javob berar, amalda bajarib ham ko‘rsatardi. Harbiy xizmatning ilk kunida bizga safda turish va yurish, yugurish va boshqa mashqlarni o‘rgatishdi. Bularni qiyinchiliksiz uddaladim. Chunki, akangdan o‘rganganlarim menga yordam berdi. Lekin shu harakatlarni haqiqiy harbiy libosda bajarish baribir boshqacha bo‘larkan.

Bilasanmi, “Mustaqillik askarlari” degan jumlani gazetada o‘qiganimda, televizor yo radiodan eshitganimda bugungiday ta’sir qilmagan edi. Xizmatdoshlarim bilan ovqatlanayotganimizda, yotoqxonada, o‘quv xonasi yoki amaliy mashg‘ulotlarda sekingina: “Yashang, mustaqillik askarlari!” deb qo‘yaman. Axir men ham mustaqillik askariman-da! Bu qalbdan chiqayotgan chinakam faxr-iftixor.

Aziz, bu yerdagi taassurotlarimni umumiy qilib bayon etdim, xolos. Agar barcha jihatlarini aytsam, hikoyam hali-beri tugamaydi. Qolganlarini ko‘rishganda gaplashamiz.

Dovudbek JARXINOV, oddiy askar

Yana o‘qing:  Tejamkorlik – taraqqiyotga yo‘l

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: