Tejamkorlik – taraqqiyotga yo‘l
Tabiat ne’matlari, jumladan, elektr quvvati ishlab chiqarish uchun sarflangan resurslar qanchalik ko‘p bo‘lmasin, ular ham cheklangan.
Shu sababdan elektr energiyasini behuda sarflamaslik, undan oqilona foydalanish muhim masala hisoblanadi.
Noqonuniy yo‘llar bilan davlat mulki sanalgan elekt quvvatidan foydalanish, uning iste’moliga nisbatan e’tiborsizlik qilish davlatimiz iqtisodiyotiga jiddiy zarar yetkazadi.
Mutasaddi organ va tashkilotlar elektr tarmoqlari orqali yetkazib beriladigan elektr quvvatidan foydalanish holatlarini muntazam ravishda nazorat qilib bormoqdalar. To‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirmaslik kabi nojo‘ya xatti-harakatlar, qonunbuzarlik holatlari aniqlanganda, tegishli choralar ko‘rilmoqda.
Qolaversa, “Ochiq eshiklar” va iste’molchilarni “Sayyor qabul qilish” kunlari aholidan tushgan murojaatlar o‘rganiladi. Mutaxassislar tomonidan kerakli maslahatlar berilib, iste’molchilarga mavjud muammolar bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatiladi. Bu esa o‘z navbatida, ish unumdorligi, sifat samaradorligini oshishiga hamda elektr energiyasidan to‘g‘ri foydalanish, turli noqonuniy holatlarning oldini olishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Mirzohid IS’HOQOV,
“O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasi Toshkent shahar bo‘limi inspektori