Ekologik barqarorlikni ta’minlash yo‘lida
Kuni kecha poytaxtimizdagi “Grand Plaza” mehmonxonasining majlislar zalida “EKOMAKTAB” ekologik-resurs markazi tomonidan “Atrof-muhit muhofazasida qonunchilikning profilaktik buzilish talablari va CITES Konvensiyasi majburiyatlarini bajarishda ko‘maklashish” loyihasi doirasida tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi loyihasi doirasida tayyorlangan qo‘llanma taqdimoti o‘tkazildi.
Ushbu tasviriy-ko‘rgazmali ta’rifnomada O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan, CITES ilovasiga qo‘shilgan o‘simliklar va hayvonot olami, ommaviy eksport ob’yektlari haqida atroflicha ma’lumotlar keltirilgan.
M. TOLIPOVA