SPORT – MENING HAYOTIM

Tog‘larni talqon qilgan alp yigitlar, kurashlarda o‘z mahoratini ko‘rsatgan Barchinoydek qizlar haqidagi ertaklarni, rivoyatlarni tinglab shu qahramonlarga havas qilamiz. Jismoniy qobiliyatini oshirayotgan bahodir yigitlarimiz g‘alaba cho‘qqilari sari intilayotgan bo‘lsalar, bu borada qizlarimiz ham ulardan aslo qolishmayapti. Xususan, 12 yoshida sportning karate turi bilan shug‘ullanishni boshlagan Munisa Sanaqulova ana shunday yoshlarmizdan biri hisoblanadi. Tinib-tinchimas, izlanuvchan Munisa bilan bo‘lgan suhbatimiz uning sportga bo‘lgan qiziqishi xususida bo‘ldi.

– Munisa, sport bilan shug‘ullanishingizga nima sabab bo‘lgan?

– Bolaligimda sportning gimnastika turiga qiziqardim. Karate bilan shug‘ullanishim esa tasodif deb o‘ylayman. Oilada uch nafar qiz va bir o‘g‘il farzandmiz. Ammo sportning shu turiga qiziqib qolib, u bilan astoydil shug‘ullana boshladim. Qilgan haraktalarim zoe ketmadi. Asta-sekin muvaffaqiyatlarga erisha boshladim.

– Muvaffaqiyatlaringiz haqida ham gapirib bersangiz?

– Sportning karate yo‘nalishi bo‘yicha uch karra O‘zbekiston chempioni, Osiyo birinchiliklarida 2 karra bronza medalini qo‘lga kiritdim. Ko‘plab xalqaro va respublika turnirlarida g‘olib chiqdim. Ammo 2010 yilda Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sohibasi bo‘lganim qo‘lga kiritgan yutuqlarimning eng qadrlisi bo‘ldi.

–Sizning karate bilan shug‘ullanishingizga ota-onangiz qarshilik ko‘rsatishganmi?

– Oilamizda qizlardan sportchilar chiqmagan. Biroq, ota-onamning o‘zlari sport bilan shug‘ullanishimga imkoniyat yaratib berishgan. Ayniqsa, onamning mas`uliyatli damlarda meni qo‘llab, “Munisa, sening qo‘lingdan keladi, senga ishonamiz”, deyishlari nafaqat sport, balki boshqa sohalarda ham yutuqlarga erishishimga sabab bo‘lmoqda.

– Karateda g‘alabaga erishishning muhim omili nima, deb o‘ylaysiz?

– Nafaqat karateda, balki sportning barcha turida ham aql bilan harakat qilish g‘alaba poydevoridir. Siz raqibingiz bilan kurashayotganingizda jismonan kuchli bo‘lgan taqdiringizda ham, taktik harakat qilmasangiz, zaif raqibdan ham yengilishingiz mumkin. Musobaqa jarayonida dastlab raqibimni diqqat bilan o‘rganaman. Uning chaqqonligi, o‘zini tutishi, qo‘l va oyoqlarining qanday harakatlanayotganini xushyorlik bilan kuzataman. Raqibingni yaxshi bilmay turib g‘alabaga erishalmaysan.

– Mazmunli suhbatingizuchun rahmat.

Kamola ADASHBOYEVA

Yana o‘qing:  UYIMIZDAGI TOTUVLIK

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: