Tuz – eng xavfli mahsulot
Bu qarorga avstraliyalik mutaxassislar kelishdi. U yurak-qon tomir tizimiga salbiy ta’sir etadi.
Shu sabab bu mahsulotni keragidan ortiq iste’mol qilish tavsiya etilmaydi.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, inson hayoti davomida undan yetarli miqdordagina iste’mol qilishi lozim. Keragidan ortiq tuz qon bosimini oshiradi. Natijada miyaga qon quyilishi va yurak xuruji kabi noxush holatlar yuzaga keladi. Buyraklar faoliyatining buzilishi, semirish kabi xastaliklar ham aynan tuzning ortiqcha iste’moli bilan bog‘liq. Shuningdek, ushbu mahsulot organizmda xolesterin miqdorining ortib ketishiga sabab bo‘ladi.
Tez tayyorlanadigan lag‘monlar eng xavfli tuz manbai hisoblanadi. Unda kunlik ehtiyojdan 80 foiz ko‘p miqdorda tuz moddasi mavjud.
X.HUSENOVA