MAHALLAM – ORASTA GULSHANIM

Buxoro Iqtisodiyot va bank kollejida 2013 yil “Obod turmush yili”ga bag‘ishlab Buxoro shahridagi Abdurahmon Jomiy nomidagi mahalla aholisi bilan birgalikda “Mahallam – orasta gulshanim” mavzusida tadbir tashkil etildi. Mazkur tadbir o‘quvchilarning iqtidorini yana bir bor namoyish etish imkonini berdi.

Guruhlar o‘rtasida tashkil etilgan ushbu tadbir o‘quvchilarning o‘zlari yashab turgan hudud haqidagi bilim-ko‘nikmalarini yanada boyitdi. O‘z navbatida Abdurahmon Jomiy mahallasining obodligiga hissa qo‘shayotgan yigit-qizlar tashabbuskorligidan mahalla ahli mamnun bo‘lmoqda. Chunki, mahalla hududining tozaligi, orastaligi, dov-daraxtlarning baravj o‘sishiga o‘quvchilar mas’ul. Ularning bir-biridan qiziqarli tarzda tayyorlagan sahna ko‘rinishlari, shirali ovozda ijro etgan qo‘shiqlari va jozibali raqslari tadbirni haqiqiy bayramga aylantirib yubordi.

Tadbirda bilim maskani direktori Asliddin Nizomov Gulchehra Ergasheva, Zarnigor Shirinova, Sherzod Hojiyev, Olim Atoyev singari g‘olib o‘quvchilarni qutlab, ularning o‘qish va ishlarida ulkan muvaffaqiyatlar tiladi. Bayram so‘nggida g‘oliblarga qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.

Mahliyo QUTLIYEVA,

kollej o‘qituvchisi

Yana o‘qing:  FOZIL MUSAYEV YOZDA “ATLETIKO” FUTBOLCHISIGA AYLANISHI UMKIN

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: