Rangin tuyg‘ular namoyishi

Toshkent Fotosuratlar uyida “Kamalak jilosi” rasmlar ko‘rik-tanlovining yakuniy bosqichi bo‘lib o‘tdi.

“Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi, Xalq ta’limi vazirligi, Badiiy akademiya, “Sen yolg‘iz emassan” respublika jamoatchilik bolalar jamg‘armasi hamda boshqa tashkilotlar hamkorligida “Mehribonlik” uylari tarbiyalanuvchilari o‘rtasida an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan ushbu tanlov o‘sib kelayotgan yosh avlodni ma’nan barkamol insonlar qilib tarbiyalashga xizmat qilmoqda.

Tanlovda mamlakatimizdagi “Mehribonlik” uylarining bir ming besh yuz nafar tarbiyalanuvchisi ishtirok etdi. Ko‘rgazmaga qo‘yilgan ijodiy ishlarda ifodalangan samimiy, beg‘ubor tuyg‘ular tasviri, manzaralar tomoshabinlarda yorqin taassurot uyg‘otdi.

– Tanlovda “Qushlarda ham mehr bor” nomli ijodiy ishim bilan qatnashyapman, – deydi Navoiy shahridagi “Mehribonlik” uyi tarbiyalanuvchisi, 9 yoshli Mariya Oshuvalova. – Bu ishlarimni rangli qog‘oz, mato, qamish kabi materiallardan applikatsiya usulida tayyorladim. Yurtimizda tinchlik hukm surayotganini o‘z asarimda ifodaladim. Zero, qushlar osoyishta joylarda qo‘nim topadilar.

Tanlov yakunida 4-10,11-16 yoshlilar o‘rtasida tasviriy hamda amaliy san’at yo‘nalishlarida 12 nafar g‘olib aniqlandi. Ularga tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.

N. NORBOBOYEV

Yana o‘qing:  “O‘zbekiston Qahramoni” unvonini berish to‘g‘risida

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: