Faxriddin Hayit. G‘alaba

G‘alaba nima u?

Birovning ko‘ksin qonatib

vayron qilmoq emas dil ayvonini.

Yo omon boshiga toshlar qulatib

parchalab tashlashmas ustuxonini.

 

Achchiq yosh qalqitib ma’yus ko‘zlarda

Nozik bilaklarni qayirmoq emas.

E voh, yuragiga tekkan daydi o‘q,

onani boladan ayirmoq emas!

 

Vayron qilmoq emas ko‘chalarini,

uylarini buzmoq – g‘alaba emas.

Xatarga to‘ldirib kechalarini

jonlarini uzmoq – g‘alaba emas.

 

Nomardlar, nodonlar

qing‘ir yo‘l bilan

Tokaygacha topgay pinhona zafar?!

Birovning bog‘ini o‘zga qo‘l bilan

payhon etganlarga begona – zafar!

 

G‘alaba –

Maydonda raqibin yiqitib so‘ngra

Kiftiga o‘zbekcha qoqib qo‘ymoqlik.

Ulkan zafar quchib, Oltin nishonni

Vatanning ko‘ksiga taqib qo‘ymoqlik!

 

Yetmish tomirimda oqsin deb huzur

So‘ngra yig‘lamoqlik sevinchdan qalqib…

Senga g‘alabalar keltirgan nodir,

G‘olib farzandlaring sharafla, Xalqim!

 

Foto: Daryo

Yana o‘qing:  Bahor timsoli – Ayol,Ayol – misoli bahor!

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: