Ruslan – olimpiya o‘yinlari rekordchisi

Tajribali og‘ir atletikachimiz Ruslan Nurudinov Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida o‘tayotgan XXXI yozgi Olimpiya o‘yinlarida oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Quvonarlisi, sportchimiz shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarilish bilan birga, Olimpiada rekordini ham yangilashga muvaffaq bo‘ldi. Nufuzli musobaqaning og‘ir atletika bo‘yicha vazni 105 kilogrammgacha bo‘lgan sportchilar o‘rtasidagi bellashuvlarda ishtirok etgan jahon va Osiyo chempioni, Butunjahon Universiadasi g‘olibi Ruslan Nurudinov shtangani dast ko‘tarishda 194, siltab ko‘tarishda 237, ikkikurash natijasiga ko‘ra 431 kilogramm natijani qayd etib, Olimpiya o‘yinlari g‘olibi bo‘ldi. Uning siltab ko‘tarishda ko‘rsatgan natijasi Olimpiadaning yangi rekordi sifatida e’tirof etildi. G‘olib sportchimiz sharafiga Vatanimiz bayrog‘i ko‘tarilib, davlatimiz madhiyasi yangradi.

Shuningdek, vazni 91 kilogrammgacha bo‘lgan bokschilar o‘rtasida Rustam To‘laganov ham delegatsiyamiz hisobiga navbatdagi bronza medalini qo‘shib qo‘ydi. E’tiborlisi, umidli bokschimizning Olimpiya o‘yinlaridagi ishtiroki ham muxlisu mutaxassislarda katta taassurot qoldirdi.

T. ORTIQOVA

Yana o‘qing:  Jamg‘arma faoliyatidan (2013-10)

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: