JAMG`ARMA FAOLIYATIDAN 92013-5)

Jizzax viloyati jamg‘armaning mintaqaviy filiali tomonidan Do‘stlik tumani Tibbiyot kollejida jami 163 nafar o‘quvchilar uchun “Erta va qarindoshlar o‘rtasidagi nikoh nima uchun xavfli?”, “Sog‘lom turmush tarzi tamoyillari” mavzularida davra suhbatlari o‘tkazildi.

Samarqand viloyati jamg‘armaning mintaqaviy filiali Samarqand shahar Bank kollejida 125 nafar o‘smir qizlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazdi.

Buxoro viloyati jamg‘armaning mintaqaviy filiali tomonidan tibbiy-ijtimoiy patronaj brigadasi Buxoro shahridagi harbiy qismda jami 207 nafar harbiylar va ularning oila a’zolarini chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishdi.

Xorazm viloyati jamg‘armaning mintaqaviy filiali “Salomatlik” markazi bilan hamkorlikda Bog‘ot tumani sport maktabida jami 90 nafar o‘quvchilar o‘rtasida sport bellashuvlarini o‘tkazdi. O‘quvchilarga muruvvat dori-darmonlari tarqatildi.

Navoiy viloyati jamg‘armaning mintaqaviy filiali tibbiy-ijtimoiy patronaj brigadasi tomonidan Xatirchi tumani “Qaracha” mahalla fuqarolar yig‘inida jami 247 nafar aholi chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, ularga dori-darmonlar tarqatildi.

Abbosjon Ergashev

“Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya jamg‘armasi bosh mutaxassisi

Yana o‘qing:  Tarixiy obidalarda smart-texnologiyalar joriy qilinadi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: