Betakror yurtning, bunyodkor elning baxtiyor farzandlari

Poytaxtimizda yurtimiz mustaqilligining yigirma besh yilligiga bag‘ishlab “Go‘zal va betakrorimsan, muqaddas Vatanim, jonim senga fido, O‘zbekistonim!” shiori ostida “Istiqlol farzandlari” yoshlar festivali bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbirda o‘z aql-zakovati, g‘ayrat-shijoatiga suyanib, yuksak marralarni egallayotgan Vatanimizning iqtidorli yoshlari ishtirok etdi.

Festival ishtirokchilari mamlakatimizning bosh maydonida bo‘lib, Mustaqillik va ezgulik monumenti poyiga gul qo‘ydi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolari va Qonunchilik palatasi deputatlari bilan o‘tkazilgan uchrashuvda yoshlar mamlakatimizda yangi qabul qilingan qonunlar, ularning mazmun-mohiyati, qonunlarga kiritilayotgan o‘zgartirishlar haqida ma’lumotlarga ega bo‘ldi.

Ishtirokchilar O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudida sudya va ekspertlar bilan bo‘lgan uchrashuvda Konstitutsiyaviy sudning tashkil etilishi, vakolatlari, faoliyati samaralari va xalqaro hamkorlik aloqalari to‘g‘risidagi bilim va tushunchalarini yanada boyitdi.

 

V. PO‘LATOVA

Yana o‘qing:  San’atim, sozimda madhing Vatan!

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: