Mahallamiz pahlavonlari

Namanganda kurash bo‘yicha “Mahallamiz pahlavonlari” musobaqasi o‘tkazildi.

Vatanimiz mustaqilligining 25 yilligiga bag‘ishlab tashkil etilgan musobaqada 13-14 yoshli 72 nafar o‘g‘il-qiz g‘oliblik uchun bahslashdi.

Qizlar o‘rtasida 44 kilogramm vazn toifasida Namangan shahridan Gullola Dehqonboyeva, 48 kilogramm vaznda Namangan tumanidan O‘g‘ilxon Zohidullayeva, 52 kilogramm vaznda Pop tumanidan Hurriyat Tursunaliyeva birinchi o‘rinni egalladi.

O‘g‘il bolalar o‘rtasida 46 kilogramm vaznda Namangan shahridan Asadbek Zokirjonov, 50 kilogramm vaznda Namangan tumanidan Asadbek Tojimirzayev, 55 kilogramm vaznda Yangiqo‘rg‘on tumanidan Asadbek Zayniddinov g‘olib bo‘ldi.

Umumjamoa hisobida Namangan shahridagi “Obihayot” mahallasi birinchi, Namangan tumanidagi “Qurama” mahallasi ikkinchi va Yangiqo‘rg‘on tumanidagi Furqat mahallasi uchinchi o‘rinni egalladi.

T. ORTIQOVA

Yana o‘qing:  O‘zbekiston tabiati dunyo sayyohlarini o‘ziga rom etmoqda

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: