Yosh shaxmatchilarimizning g‘alabalari

Mamlakatimiz yosh shaxmatchilari Eronda o‘tkazilgan maktab o‘quvchilari o‘rtasidagi Osiyo chempionatida 6 ta oltin, 3 ta kumush va 2 ta bronza medalini qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida uchinchi o‘rinni egalladi.

Ushbu chempionatda yetti yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il bolalar o‘rtasidagi bahslarda Alixon Avazxonov 7, 5 ochko bilan oltin medalga sazovor bo‘ldi. Iqtidorli shaxmatchimiz rapid va blits shaxmat bo‘yicha o‘tkazilgan bahslarda ham muvaffaqiyatli qatnashib, ikkita kumush medalni qo‘lga kiritdi. Rapid yo‘nalishida Humoyun Sindorov birinchi o‘rinni egalladi.

Shu yoshdagi qizlar bahsida Afro‘za Hamdamova to‘qqiz imkoniyatdan 8 ochko jamg‘arib, Osiyo chempioni degan sharafli nomga sazovor bo‘ldi. Rapid va blits yo‘nalishida ham tengdoshlariga hech qanday imkoniyat qoldirmay, shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi. Nozima Valiyeva esa rapid va blitsda kumush va bronza medal bilan taqdirlandi.

Blits yo‘nalishida o‘n besh yoshgacha bo‘lgan shaxmatchilar bahsida Daler Vohidov birinchi, rapid yo‘nalishida to‘qqiz yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il bolalar bahsida Rasulbek Abdullayev uchinchi o‘rinni egalladi.

T. ORTIQOVA

Yana o‘qing:  Chiqindilarni qayta ishlash – eng maqbul yo‘l

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: