Tennischilarimiz pley-offga chiqdi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi “Devis kubogi”ning Osiyo-Okeaniya mintaqasi birinchi guruh ikkinchi bosqich uchrashuvida Xitoy vakillarini 3: 2 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Ushbu g‘alabadan keyin tennischilarimiz jahon ligasining pley-off bahsida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.

1900 yildan buyon muntazam o‘tkazib kelinayotgan “Devis kubogi” terma jamoalar ishtirok etadigan eng nufuzli musobaqadir. Respublika olimpiya zahiralari tennis maktabi kortlarida o‘tgan musobaqaning yakkaliklar o‘rtasidagi dastlabki kungi bahslarda Denis Istomin Di Vuni 6: 4,6: 4,6: 2 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Afsuski, ikkinchi uchrashuvda Farrux Do‘stov Ze Jangga 6: 1,4: 6,4: 6,2: 6 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

Musobaqaning ikkinchi kunida juftliklar bahsi o‘tkazilib, unda Denis Istomin va Farrux Do‘stov juftligi Chje Li hamda Mao Xing Gongga qarshi kortga chiqdi. Keskin kurashlarga boy o‘tgan uchrashuvda yurtdoshlarimiz 6: 4,3: 6,6: 3,6: 4 hisobida g‘alaba qozondi.

“Devis kubogi”ning so‘nggi kunida esa Denis Istomin kutilmaganda raqibiga imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Faqatgina Farrux Do‘stovning qo‘lga kiritgan g‘alabasi yakunda vakillarimizni keyingi bosqichga olib chiqdi.

T. ORTIQOVA

Yana o‘qing:  KARDIOLOGIYa SOHASIDAGI YUTUQLAR

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: