Tadbirkor qizlar shijoati
Andijonda “Tadbirkor qizning eng yaxshi loyihasi” tanlovining viloyat bosqichi o‘tkazildi.
“Go‘zal va betakrorimsan, muqaddas Vatanim, jonim senga fido, O‘zbekistonim!” shiori ostida viloyat xotin-qizlar qo‘mitasi, Markaziy bankning viloyat bosh boshqarmasi, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi, Savdo-sanoat palatasi viloyat hududiy boshqarmalari hamda “Tadbirkor ayol” uyushmasi viloyat bo‘limi hamkorligida tashkil etilgan tanlovda uch yo‘nalish bo‘yicha 48 yosh tadbirkor ishtirok etdi.
Tanlovning “Ishlab chiqarish borasida eng yaxshi tadbirkor qiz” yo‘nalishi bo‘yicha Andijon tumani maishiy xizmat kasb-hunar kolleji bitiruvchisi Gulnoza Mamasoliyeva, Paxtaobod yengil sanoat kasb-hunar kolleji bitiruvchisi Tanzila Madaminova g‘olib bo‘ldi. Ular tanlovning mamlakat bosqichida qatnashish huquqini qo‘lga kiritdi.
G‘oliblar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Tanlovning 42 nafar ishtirokchisiga imtiyozli kredit ajratilishini kafolatlovchi sertifikatlar topshirildi.
Umidjon MAMARASULOV,
Andijon viloyati