Milliy internet: loyihalar takomillashmoqda

Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumanidagi “Kamolot” yoshlar oromgohida milliy internet segmentini rivojlantirishda yoshlarning o‘rniga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Unda internet jurnalistikasi bo‘yicha mutaxassislar, veb-dasturchilar, ommaviy axborot vositalari xodimlari hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Davlatimiz rahbarining 2012 yil 21 martdagi “Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada joriy etish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bu borada muhim omil bo‘lmoqda.

“Talabalar internet harakati” loyihasi doirasida tashkil etilgan media oromgoh har tomonlama mukammal milliy saytlarimiz sonini ko‘paytirish, “UZ” domeni hududida ijtimoiy tarmoqlarni yaratish, bu yo‘nalishda faoliyat olib borayotgan iqtidorli yoshlarni topish va ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.

Talabalar media oromgohda olgan saboqlari asosida “Milliy internet tarmog‘ini yanada rivojlantirishda nimalarga ahamiyat qaratish lozim?”, “Global tarmoqda axborotdan foydalanish va axborot xavfsizligi qoidalari” kabi mavzularda o‘z loyihalarini namoyish qildi.

Media oromgoh mashg‘ulotlarida faol qatnashgan talabalarga diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.

 

Vasila PO‘LATOVA

Yana o‘qing:  O‘zbekistonda 1 dekabrdan ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdori oshadi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: