KIYIMIM POKIZA BO‘LSIN, DESANGIZ…

Paxmoq sochiq va xalatlar yumshoq bo‘lishi uchun ularni yuvib bo‘lgandan keyin tuzli suvga 15 daqiqa botirib qo‘yish kerak bo‘ladi. Bunday tartibda yuvilgan paxmoq buyumlarni dazmollash shart emas.

Oshxona pardalari yaxshi yuvilishi va rangi chiroyli bo‘lishi uchun kechasi sovuq tuzli suvga ivitib qo‘yish lozim.

Dastro‘molchalarni tuzli suvda yuvsangiz yoki yuvishdan oldin tuzli suvga ivitib qo‘ysangiz, yaxshi tozalanadi.

Erkaklarning bo‘yinbog‘larini dazmollash shart emas. Agar bo‘yinbog‘ juda g‘ijim bo‘lib ketgan bo‘lsa, uch litrli bankaga qaynoq suv solib, bo‘yinbog‘ni unga aylantirib, o‘rab chiqish lozim. Banka yorilib ketmasligi uchun uni issiqroq suv bilan asta-sekin chayib tashlash kerak.

Shimlarning tizzasi tezda chiqib qolmasligi uchun dazmollash oldidan o‘sha joyiga sirkali suv sepish kerak bo‘ladi.

Nam o‘tin yaxshi yonishi uchun ustiga tuz sepish zarur.

Yulduz YUNUSOVA tayyorladi

Yana o‘qing:  EZGULIKNING MURODI ShODLIK

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: