Hushyorlik – talofatsiz yashash siri

Xonadonda farzandning dunyoga kelishi – ulug‘ ne’matga ega bo‘lish, beqiyos baxt hisoblanadi. Bola tug‘ilganda ota-ona, yaqin qarindosh-urug‘lar qalbi shirin orzu-umidlarga to‘ladi.

Lekin, ko‘z oldimizda ulg‘ayib borayotgan farzandlarimizni nazoratsiz qoldirish va ularga zarur hayotiy qoidalarni o‘rgatmaslik natijasida turli ko‘ngilsiz hodisalar sodir bo‘lishi, shodlik qayg‘uga aylanishi mumkin. So‘ngra “bu baxtsiz holatlarning sababchisi kim” degan savollarga javob izlash boshlanadi. Ana shunday ko‘ngilsizliklardan biri yong‘inning ayanchli oqibatlaridir.

Afsuski, ko‘pchilik fuqarolarimiz yong‘inga e’tiborsizlik bilan qarashadi. Odatda ushbu falokatning sodir bo‘lishi, insonlarning ochiq olovdan foydalanishda ehtiyotsizliklari, yong‘in xavfsizligi qoidalari talablariga rioya qilmasliklari, elektr jihozlari hamda isitish moslamalarining nosozligi yoki ulardan noto‘g‘ri foydalanish natijasida kelib chiqadi. Yong‘inning sodir bo‘lishida bolalarning sho‘xligi, ota-onalarning e’tiborsizligi sabab bo‘lmoqda. Eng achinarlisi, bunda birinchi navbatda bolalar jabr ko‘rishadi.

Aslida uning kelib chiqishiga sababchi bo‘lgan yosh bolalar qilayotgan ishlarining oxir-oqibatiga tushunib yetmaydilar. Ular sho‘x, o‘yinqaroq bo‘lib, odatda hamma narsani sinab ko‘rishni xush ko‘radilar. Agarda farzandlarimizga olovning xatari haqida kerakli ma’lumotlar berilsa, ko‘ngilsiz holatlarni oldini olish mumkin.

Har bir yong‘in insonlar hayotiga, ularning yaqinlariga xavf solishi va ko‘p mashaqqatlar evaziga bunyod etilgan uy-joylarini, yillab yig‘ib to‘plagan mol-mulklarini bir zumda yonib ketishiga olib kelishi mumkin.

Ushbu qoidalarga rioya etish bilan Siz o‘zingiz va farzandlaringizni, uy-joyingizni yong‘indan asrab qolgan bo‘lasiz.

 

Yong‘inni oldini olishda quyidagi xavfsizlik qoidalari talablariga rioya qilishni va farzandlaringizga o‘rgatishingizni so‘rab qolamiz:

– yosh bolalarni uyda qarovsiz qoldirmang va ularga olov bilan bog‘liq uy yumushlarini buyurmang;

– yosh bolalarga oddiy yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilishlari yuzasidan doimo tushunchalar berib boring va falokat paytida to‘g‘ri harakatlanish tartiblari yuzasidan birgalikda mashg‘ulotlar o‘tkazing;

– tutab yotgan xonaning oynalarini lang ochmang, bu holat olovni tez alangalanishiga sabab bo‘ladi;

– ko‘p qavatli binoda yong‘in sodir bo‘lgan paytda liftdan foydalanmang;

– bolalar xonada gaz hidini sezsalar, chiroq va uchqun chiqaruvchi moslamalardan aslo foydalanmasin. Darhol xonani shamollatish chorasini ko‘rsin, gaz jo‘mragi orqali gaz o‘chirilgandan so‘ng ham gaz hidini sezsalar, bu haqda kattalarga yoki shoshilinch ravishda “104” raqamiga xabar bersin;

Yana o‘qing:  Unutilmas taassurotlar bilan

 

Jaloliddin HAKIMOV,

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yong‘in xavfsizligi bosh boshqarmasi katta muhandisi, mayor

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: