Shuvoqning salomatlikka foydali xususiyatlari

  • Xalq tabobatida shuvoqning 500 grammi 6 litr mil-mil qaynatilib, 10 kun 3 mahal 50 grammdan ichilsa, ovqat hazmi buzilganda, jigar, me’da, taloq, o‘t pufagi kasalliklarida foyda qiladi.
  • Shuvoq qaynatmasidan 10 kun 3 mahal 50 grammdan parhez bilan ichilsa (parhez: non-choydan boshqa narsa yemaslik), bavosil, bezgakni tuzatadi, ishtahani ochadi, uyquni joyiga keltiradi, gijjalarni tushiradi.
  • Qaynatmani 15 kun 2 mahal bitishi qiyin yara-jarohatlarga surtib bog‘lansa, tuzatadi.
  • Shuvoq qaynatmasi eski ko‘z kasallariga 12 kun 3 mahal tomizilsa foyda qiladi.
  • Qaynatmasini 10 kun 3 mahal 2 oshqoshiqdan ichilsa, hayzni me’yoriy holga keltiradi.
  • Shuvoqning ho‘lligida siqib olingan suvi sariq va istisqo kasalligida 20 kun 3 mahal 1 oshqoshiqdan ichilsa, foyda qiladi.
  • Qaynatmasini 15 kun 3 mahal 2 oshqoshiqdan och qoringa ichilsa, nafas yo‘llari shamollashi, kamqonlik, revmatizm, bronxial astma va uyqusizlik kasalliklarining oldini oladi.
  • Shuvoq qaynatmasi me’da-ichak yo‘li ishini jonlantirib, o‘t ajralishini va me’da osti bezi funksiyasini kuchaytiradi, ovqat hazmini yaxshilaydi. Ovqat tarkibidagi zararli bakteriya va zamburug‘larni o‘ldirib, yallig‘lanishga qarshi ta’sir ko‘rsatadi, markaziy nerv sistemasini qo‘zg‘atib, yurak ishini joyiga keltiradi. (Qaynatmani 15 kun 3 mahal 2 oshqoshiqdan ichish kerak)
Yana o‘qing:  Uzum immunitetni mustahkamlaydi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: