Ofitserlar xizmatga yo‘l olmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining oliy harbiy ta’lim muassasalari bitiruvchilariga diplom va ko‘krak nishonlari topshirishga bag‘ishlangan tantanali tadbirlar bo‘lib o‘tdi.
Toshkent oliy umumqo‘shin qo‘mondonlik bilim yurti, shuningdek, “Vatanga qasamyod” majmuida bo‘lib o‘tgan tadbirlarda davlat va jamoat tashkilotlari, Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi vakillari, bitiruvchilarning ota-onalari va yaqinlari ishtirok etdi.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar tomonidan Oliy harbiy-ta’lim muassasalarining bu galgi bitiruvchilari harbiy bo‘linmalarga rahbarlik qila oladigan, murakkab va nostandart vaziyatlarda to‘g‘ri qarorlar qabul qilishga qodir professional mutaxassislar ekani qayd etildi.
“Vatanga qasamyod” majmuida Toshkent tibbiyot akademiyasining harbiy-tibbiyot fakulteti bitiruvchilariga ham diplom va ko‘krak nishonlari tantanali topshirildi.