Tarjimon “quloqchin”

“Aqlli” simsiz gajet, kishilarning til bilmaslik kabi muammolarini bartaraf etadi. U hamsuhbatlarning gaplarini bir zumda boshqa tilga o‘girishga qodir.

“Waverly Labs” kompaniyasi “The rilot” qurilmasini ishlab chiqdi. Pilot simsiz kichik quloqchin bo‘lib, u shu onning o‘zida suhbatdoshingizning so‘zlarini sizning tilingizga o‘girib berish imkoniga ega. Buning uchun sizdan talab etiladigan narsa qurilmani qulog‘ingizga taqib suhbatni boshlash, xolos.

Ushbu gajet ikki insonga turli tillarda suhbat qurish imkonini beradi. Agar fransuz tilida so‘zlayotgan inson bilan gaplashsangiz, real vaqtda uning so‘zlari sizga tushunarli bo‘lgan tilga, masalan, ingliz tiliga (tizimda aynan u asosiy til hisoblanadi) o‘girib beradi. Hamsuhbatingiz esa sizning so‘zlaringizni fransuz tilida eshitadi.

Qurilma ingliz, fransuz, ispan, italyan va portugal tillariga avtomat tarzda tarjima qiladi. Ishlab chiqaruvchilar dasturga keyinchalik yahudiy, arab, nemis, rus va boshqa slavyan tillari, shuningdek, Janubi-Sharqiy Osiyo tillarini qo‘shishni rejalashtirishmoqda.

 

Lobar MAHMUDOVA

Yana o‘qing:  Mutaxassis maslahati (2012/46-47)

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: