Ixcham ko‘rinishdagi bosh miya skaneri
Yaqinda yaratilgan ixcham ko‘rinishga ega bosh miya skaneri birinchi navbatda epilepsiya (tutqanoq) xavfini oldindin aniqlashga mo‘ljallangan.
Ayniqsa, bu qurilma yirik hajmli asbob-uskunalar mavjud bo‘lmagan mamlakatlar aholisi uchun juda qulay sanaladi.
Skaner smartfon va elektrodli qalpoqchadan tashkil topgan. Hozirda nevrologlar sog‘lom kishilar va kasallikka chalingan shaxslar bilan tizimni tekshirish ishlarini boshlashgan. Shifokorlar mazkur tibbiyot asbobi bolalarda epilepsiya xavfini oldindan aniqlash imkonini beradi, deb hisoblashmoqda.
X. HUSENOVA