“Eng ulug‘, eng aziz”

O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi, Jurnalistlar ijodiy uyushmasi, “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi, Yozuvchilar uyushmasi, Milliy teleradiokompaniya, “O‘zbekkino” milliy agentligi, Badiiy akademiya hamda Mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi mamlakatimiz mustaqilligining yigirma besh yilligiga bag‘ishlangan “Eng ulug‘, eng aziz” an’anaviy tanlovini e’lon qiladi.

Tanlovga “Go‘zal va betakrorimsan, muqaddas Vatanim, jonim senga fido, O‘zbekistonim!” degan bosh g‘oyani o‘zida mujassam etgan ijodiy asarlar qabul qilinadi.

“Eng ulug‘, eng aziz” tanlovi quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha o‘tkaziladi:

– yozuvchi va shoirlarning badiiy asarlari;

– bosma OAV xodimlarining jurnalistik ishlari;

– televideniye va radio ijodkorlarining materiallari;

– tasviriy san’at, foto asarlari va dizayn ishlari;

– kino san’ati asarlari.

Tanlovga taqdim etilgan ijodiy ishlarga quyidagi hujjatlar ilova qilinishi lozim:

– muallif va uning professional faoliyati to‘g‘risida qisqacha ma’lumot;

– muallifning pasporti nusxasi;

– ish joyidan tavsiyanoma;

– muallifning manzili va bog‘lanish telefonlari.

Tanlovga 2015 yilning 1 avgustidan 2016 yilning 1 avgustigacha bo‘lgan davrda chop etilgan badiiy asarlar, gazeta-jurnallar va internet nashrlarida e’lon qilingan maqolalar, radio va televideniye kanallarida efirga uzatilgan materiallar, namoyish etilgan tasviriy san’at va kino san’ati asarlari joriy yilning 1 avgustigacha qabul qilinadi.

Tanlov g‘oliblari Vatanimiz mustaqilligining yigirma besh yillik bayrami arafasida mukofotlanadilar va ularning ro‘yxati matbuotda e’lon qilinadi.

Ijodiy ishlar “Eng ulug‘, eng aziz” tanloviga deb ko‘rsatilgan holda quyidagi manzilga yuborilishi lozim:

100129, Toshkent shahri, Navoiy ko‘chasi, 30-uy. O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi, O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi, O‘zbekiston “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi.

Telefonlar: 244-12-61; 244-64-61; 244-11-64.

Yana o‘qing:  Xushxabar raqamlar

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: