O‘ZBEKNING O‘G‘LONI
Tog‘larni tebratar toshlar misoli,
Mard yigit ko‘ksida jur`at kezadi.
Vatanni asragay yovlardan omon,
Xushyor, xavf-xatarni zumda sezadi.
Askar qasamiga sodiq o‘g‘lonlar,
Ular bor zamin tinch,osuda osmon.
G‘animga egmaydi aslo boshini,
Sarhadlarni asrar, yurtiga posbon
O‘zbekning o‘g‘loni metin qalqoni,
Yigitlik sha`nini dilda saqlaydi.
Yuragida jo‘shgan shiddati misol,
Elning ishonchini mudom oqlaydi.
Rahim ASRAQULOV