Sport – sog‘liq garovi

Kanadaning Konkordiya universiteti tadqiqotchilari astma (ziqqinafas) kasalligi bilan og‘rigan bemorlarning kun davomida yarim soatdan kam bo‘lmagan vaqtda sport bilan shug‘ullanishi kasallik belgilarini namoyon bo‘lishini 2, 5 barobarga kamaytiradi, deb ta’kidlashmoqda.

Olimlar 643 nafar bemor o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazishdi. Ulardan 245 nafari umuman sport bilan shug‘ullanmaydi. 100 nafari esa kun davomida jismoniy faoliyat bilan yarim soat vaqt davomida mashg‘ul bo‘ladi. Ijtimoiy muloqot jarayonida 40 foiz bemorlarning kamharakatli hayot kechirishi aniqlandi, deb xabar bermoqda mutaxassislar.

Shuningdek, 30 daqiqalik sport bilan shug‘ullanish insonning o‘zini yaxshi his qilishi uchun yetarli muddat sanaladi. Tadqiqotchilarning ta’kidlashicha astmatiklarga og‘ir atletika yoki yugurish bilan shug‘ullanish tavsiya etilmaydi. Olimlar mazkur kasalllik bilan aziyat chekuvchi insonlarga yoga mashqlari, sayr qilish yoki velosiped haydash foydali deb hisoblashmoqda.

Xurshida HUSENOVA

Yana o‘qing:  Gemodializ muolajasi qanday bemorlarda amalga oshiriladi?

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: