Aviamodelchilar musobaqasi

Namanganda kord aviamodeli bo‘yicha kattalar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati va o‘smirlar o‘rtasida mamlakat birinchiligi musobaqalari yakunlandi.

To‘rt kun davom etgan qizg‘in bellashuvlarda o‘quv-texnika sport klublari va “Vatanparvar”ning boshlang‘ich tashkilotlarida shug‘ullanuvchi katta yoshdagilar chempionat, 18 yoshgacha bo‘lganlar esa birinchilik musobaqalarida o‘z mahoratini sinovdan o‘tkazdi. Chempionat bahslarida Toshkent shahridan Sergey Svyatniy, Vadim Vasilyev, Boris Nagov, Farg‘ona viloyatidan Alisher Mirzayev va Yuriy Kiselev, ARZ-1 jamoasidan Said Sardor va Vladimir Novikov g‘oliblik shohsupasiga ko‘tarildi.

Birinchilik musobaqalarida poytaxtlik Muhiddin Boborahimov, Aleksey Kalashnikov, farg‘onalik Lazizbek G‘afforov, namanganlik Sardor Umarov oltin medalga sazovor bo‘ldi. Kord aviamodeli bo‘yicha O‘zbekiston chempionati va birinchiligi jamoaviy hisobda Toshkent viloyati jamoasining mutlaq g‘alabasi bilan yakunlandi. Ikkinchi o‘rin Farg‘ona viloyati va uchinchi o‘rin Toshkent shahri jamoasiga nasib etdi.

Mirolim ISAJONOV,

Namangan viloyati

Yana o‘qing:  Iste’dodli yoshlar – yurt kelajagi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: