Doniyor – jahon chempioni!

Eron poytaxti Tehron shahrida sport kurashlari bo‘yicha eshitish qobiliyati zaif bo‘lgan sportchilar o‘rtasida jahon chempionati bo‘lib o‘tdi.

“2nd World Deaf Cadet and Junior Greco-Roman & Freestyle Wrestling Championships” musobaqasida dunyoning 24ta davlatidan erkin va yunon-rum kurashchilari ishtirok etdi. Ular orasida har ikki yo‘nalishda o‘zbekistonlik yosh polvonlar ham g‘oliblik yo‘lida gilamga chiqishdi. Yakunda yunon-rum kurashi bo‘yicha terma jamoamiz a’zosi Doniyor Yahyoev barcha raqiblarini mag‘lubiyatga uchratib, jahon chempioniga aylandi. Shuningdek, uning o‘zi erkin kurash bahslarida ham ishtirok etib, kumush medal bilan taqdirlandi. Doniyor har ikki yo‘nalishda ham 46 kg. vazn toifasida gilamga chiqdi.

T. ORTIQOVA

Yana o‘qing:  “Kitob olami” – ma’naviyat maskani

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: