7 kun davomida
“Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi tomonidan Toshkent shahri, Chilonzor tumanidagi “Bekto‘pi” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi yoshi ulug‘ keksalar, urush va mehnat faxriylari, ayollar va bolalar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Shuningdek, aholiga bepul vitaminlar, dori-darmon va gigiyena vositalari tarqatildi. Bundan tashqari hududdagi umumta’lim maktablari, litsey va kollej o‘quvchilari orasida sog‘lom turmush tarzi va reproduktiv salomatlikni to‘g‘ri shakllantirishga doir tushuntirish-targ‘ibot ishlari olib borildi.
Poytaxtimizdagi Milliy matbuot markazida Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan farmatsevtika sanoatini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar va istiqboldagi vazifalarga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi.
Tadbirda aholini farmatsevtika mahsulotlari bilan ta’minlash borasida erishilayotgan natijalar, sohani yanada rivojlantirishga qaratilgan loyihalar to‘g‘risida so‘z yuritildi.
“Sog‘lom avlod uchun” fondi tomonidan USAID xalqaro tashkilotining “Tinchlik yo‘lidagi oziq-ovqat yordami” dasturi doirasida “Vitaminlar bilan boyitilgan quritilgan sabzavot sho‘rvasining sil bilan kasallangan bemorlardagi ijtimoiy ahamiyati” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash, Mehnat hamda Adliya vazirligi xodimlari, yurtimizdagi sog‘liqni saqlashga ixtisoslashgan xalqaro tashkilotlar vakillari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Yaqinda O‘zbekiston mustaqil bosma OAV va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi tomonidan qator vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda “Sog‘lom ona va bola yili” Davlat dasturini amalga oshirishda OAVning roli va o‘rni” mavzusida ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi.
Tadbir qatnashchilari davlat dasturini amalga oshirish ustidan samarali jamoatchilik nazoratini o‘rnatishda OAVning roli masalalarida o‘zaro fikr almashdilar. Shuningdek, anjuman yakunida “Yilning eng faol axborot xizmati” respublika tanlovining yakuniy natijalari bo‘yicha g‘oliblar aniqlanib, ularga fondning qimmatbaho sovg‘alari va maxsus diplomlari topshirildi.