VATANPARVAR YOSHLAR – YURT TAYANChI

Abdulla Avloniy nomidagi xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida “Vatanparvar yoshlar – yurt tayanchi” mavzusida yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda ta’lim muassasalarining vazifalariga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Yig‘ilishda qonunchilik palatasi deputatlari, Xalq ta’limi vazirligining mutasaddi xodimlari, malaka oshirish institutining professor-o‘qituvchilari va tinglovchilari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining mamlakatimiz suverenitetini saqlash, xalqimiz osoyishtaligini ta’minlashdagi o‘rni hamda yoshlarimizni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda ta’lim muassasalarinnig roli, bu boradagi olib borilayotgan ta’limning ta’sirchanligini va samaradorligini yanada oshirish zarurligi e’tirof etildi. O‘quvchi — yoshlar ongida Qurolli kuchlarimiz safida vatanni himoya qilish vazifalarini, harbiy vatanparvarlikni keng targ‘ib etish maqsadga muvofiqligi ta’kidlandi. Ayniqsa, bugungi globallashuv davrida tobora kuchayib borayotgan turli xil axborot xurujlari, ommaviy madaniyat kabi tahdidlardan yoshlarni himoya qilishda ta’lim muassasalarining o‘rni beqiyos ekanligiga e’tibor qaratildi.

Bundan tashqari yig‘ilish ishtirokchilari tomonidan Prezidentimiz tashabbusi bilan mustaqillik yillarida ta’lim-tarbiyaga, fan va ijodga alohida e’tibor qaratilganligi, ta’lim sohasidagi amalga oshirilgan islohotlar xalqaro jamoatchilik tomonidan e’tirof etilib, namuna sifatida o‘rganilayotganligi ta’kidlandi. Huquqiy hujjatlarning hayotga tadbiq etilishi samarasida yurtimiz ta’lim muassasalaridagi sharoit tubdan yaxshilanayotganligi, endilikda yoshlarimiz zamonaviy qurilgan ko‘rkam binolarda, eng zamonaviy ko‘rgazmali qurollar bilan jihozlangan sinf xonalarida, o‘quv zallarida ta’lim-tarbiya olayotganliklari haqida to‘xtalib o‘tildi.

Nigora TO‘LAGANOVA

Yana o‘qing:  KIYIMIM POKIZA BO‘LSIN, DESANGIZ...

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: