JAMG‘ARMA FAOLIYATIDAN (2012-3)
Jamg‘armaning Hududlararo tibbiy-ijtimoiy patronaj brigadasi Toshkent shahri Bektemir tumanidagi Abay, Bektemir va Binokor mahallalarida jami 156 nafar aholini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazib, aholiga mutaxassislar tomonidan “Sog‘lom turmush tarzi asoslari” mavzusida ma’ruza o‘qildi.
Xorazm viloyati jamg‘armaning mintaqaviy filiali tibbiy-ijtimoiy patronaj brigadasi tomonidan Shimoliy-g‘arbiy harbiy okrugi serjantlar tayyorlash maktabida xizmat qilayotgan jami 412 nafar harbiy xizmatchilar, serjantlar va ularning oila a’zolari chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, ularga dori-darmonlar tarqatildi.
Buxoro viloyati jamg‘armaning mintaqaviy filiali viloyat hokimligi o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi boshqarmasi tasarrufidagi ta’lim muassasalaridagi 31 nafar boquvchisini yo‘qotgan va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar “Mohi-Xosa” sihatgohida dam olishlari tashkil etildi.
Farg‘ona viloyati jamg‘armaning mintaqaviy filiali Uchko‘prik tuman xotin-qizlar qo‘mitasi bilan hamkorlikda tuman markaziy shifoxonasida davolanayotgan 25 nafar bemor bolalar holidan xabar olinib, 5 nafar bolalarga jamg‘armaning tuman tayanch punktining sovg‘alari topshirildi.
Jizzax viloyati jamg‘armaning mintaqaviy filiali, viloyat Xotin-qizlar qo‘mitasi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakat bilan hamkorlikda Baxmal tuman Pedagogika kasb-hunar kollejida Yangi yil bayrami munosabati bilan tadbir o‘tkazildi. Tadbirda 60 nafar o‘quvchi ishtirok etdi.
Abbosjon Ergashev
“Sog‘lom avlod uchun” jamg‘armasi bosh mutaxassisi