SOG‘LOM AVLOD – SOG‘LOM KELAJAK

Mamlakatimizda har tomonlama sog‘lom avlod tug‘ilishi va voyaga yetishiga ko‘maklashish, inchunun, tibbiy xizmat sifatini takomillashtirib, aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Davlatimiz rahbarining 2009 yil 13 aprelda qabul qilingan “Ona va bola salomatligini muhofaza qilish, sog‘lom avlodni shakllantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori bu borada muhim dasturilamal bo‘layotir.

Nukus shahridagi Ona va bola skrining markazi tomonidan tug‘ma nogironlikni erta aniqlash va davolash, bunday noxush hollarning oldini olish bo‘yicha izchil ishlar amalga oshirilmoqda.

Zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlangan markazda “Delfiya” tashxis laboratoriyasi, “Multiskan”, “Apogeya-3500” singari apparatlar skrining tekshiruvlarini yuqori sifatda o‘tkazish imkonini bermoqda. 2012 yilda bu yerda 16 mingdan ortiq homilador ayol ultratovush tekshiruvidan, 2 ming 400 nafardan ziyodi biokimyoviy tekshiruvdan o‘tdi. 32 yarim mingdan oshiq chaqaloq neonatal skrining tekshiruvidan o‘tkazildi.

Skrining markazi rahbari Amina Qalandarovaning aytishicha, bu yerda mehnat qilayotgan o‘ttiz besh nafar tibbiy xodimning barchasi malakali mutaxassis. Ular aholining, ayniqsa, yoshlarning tibbiy madaniyatini oshirish maqsadida tushuntirish ishlariga ham alohida e’tibor qaratayotir. Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida “Skrining tekshiruvini bilasizmi?”, “Qarindoshlar o‘rtasidagi nikoh nima uchun xavfli?”, “Bo‘lajak ota-onalarga tibbiy maslahat” kabi mavzularda doimiy davra suhbatlari o‘tkazib kelinmoqda.

M.Habibullayev,

O‘zA muxbiri

Yana o‘qing:  TIL BILGAN EL BILADI

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: