Mashhur sulolada uch egizak dunyoga keldi
Tadbirkor Alisher Husenov va Toshkent Tibbiyot akademiyasining “Asab kasalliklari” kafedrasi nevrologiya fani assistenti Nodiraxon Husenovaning xonadonida quvonchli voqea sodir bo‘ldi.
Bir nafar qiz farzandni oq yuvib, oq tarab kelayotgan yosh oila yaqinda uch nafar egizakning ota-onasi bo‘ldi. Chaqaloqlar Respublika Akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida dunyoga keldi. Shifokorlarning ta’kidlashicha bolalar sog‘lom o‘smoqda. Ularga Imron, Komron va Asalxon deb ism qo‘yishdi. Yana shuni ta’kidlash joizki, Nodiraxon O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, mashhur akademik, O‘zbekistonda nevrologiya faniga asos solgan olim Nabi Majidov sulolasining munosib davomchisi. Kelajakda egizaklar ham bobolariga munosib voris – el xizmatiga kamarbasta farzandlar bo‘lib voyaga yetadi, deya umid qilamiz.