JAHONGIR ANGLIYADA G‘OLIB BO‘LDI

Xalqaro grossmeysterimiz Jahongir Vohidov Angliyaning Xerrou shahrida o‘tkazilgan xalqaro turnir g‘olibi bo‘ldi.

Shveysarcha tizimda o‘tkazilgan to‘qqiz turdan iborat musobaqada qirqdan ziyod shaxmatchi bahslashdi. Jahongir Vohidov polshalik Patrik Stanits, angliyalik Markus Osborn, Jeyms Jekson, Piter Batchelor, AQSH vakili Timur Gareev, vengriyalik Tamas Fodorni mag‘lub etib, avstraliyalik Jastin Tan, vengriyalik Ferens Berkesh va angliyalik Daniyel Gormalli bilan durang o‘ynadi. To‘qqiz turning birontasida mag‘lubiyatga uchramay, 7,5 ochko jamg‘argan Jahongir musobaqa g‘olibligini qo‘lga kiritdi.

T. ORTIQOVA

Yana o‘qing:  KARIYES PROFILAKTIKASIDA MUHIM ChORA

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: