SOCHLAR PARVARISHI UCHUN MUHIM MASLAHATLAR

Soch – yarim husn, degan iborani ko‘p eshitganmiz. Bu bejiz emas, albatta. Go‘zal sochlar ayollarimizga chiroy bag‘ishlashi bilan bir qatorda, parvarish qilishda ko‘plab qiyinchiliklarni ham yuzaga keltiradi.

Quyida uy sharoitida soch parvarishini bilan qanday shug‘ullanish lozimligi haqida to‘xtalamiz.

Sochni yuvish parvarishning dastlabki bosqichidir. Zero, eng avvalo unga mos keladigan shampun tanlash darkor. Boshingizni shampun bilan yuvgach, sochingiz silliq va yaxshi taralishi uchun ularga balzam yoki maxsus konditsioner surting. Shuni unutmangki, konditsionerdan ham to‘g‘ri foydalanish zarur. Uni sochning ildizigacha surtmang, aks holda sochning yog‘li bo‘lish ehtimoli kuchayadi. Konditsioner yoki balzamni sochlarning o‘rtasidan surting. O‘ta issiq suvda boshni yuvmaslik kerak, bu zararli. Hatto, soch to‘kilishiga ham olib kelishi mumkin. Avvalo uni iliq suvda yuvib, oxirida sovuqroq suvda chayib tashlagan ma’qul. Bu bilan sochlarning ichki qoplamlari silliqlanishiga erishiladi hamda unga o‘zgacha jilo beradi. Sochlar yanada quyuqlashishi uchun ularni yuvgandan so‘ng qichitqio‘t qaynatmasi bilan chayish mumkin. Qaynatmani, qolaversa, qariqiz giyohi tomiridan ham tayyorlash mumkin.

Agar sochingizni to‘g‘rilash uchun ployka yoki qisqich ishlatmoqchi bo‘lsangiz, oldin sochlaringizga termohimoyali sprey sepib oling. Bu vosita sochlarni yuqori harorat ta’siridan saqlaydi, shu bilan birga sochlarni bir-biriga yopishib qolishiga yo‘l qo‘ymaydi.

Odatda bunday vositalar tarkibiga sochlarni ichkaridan parvarishlovchi va taralishini osonlashtiruvchi aminokislotalar qo‘shiladi.

Aksessuarlar va taroq

Taroqni to‘g‘ri tanlash soch parvarishidagi eng asosiy bosqichlardan biri. Taroq metall bo‘lmasligi lozim, negaki u sochni ham, bosh terisini ham shikastlashi mumkin. Ustiga ustak, metall taroq sochlarni kuchli elektrlaydi. Yog‘och yoki tabiiy qo‘rg‘oshin tishli taroq tanlang, plastmassaligi ham bo‘laveradi.

Ularni tarashni soch uchidan boshlash lozim. So‘ngra asta-sekin uning ildiziga qarab taraladi. Mabodo sochlar chigallashib qolsa, qayta-qayta taroqni yurgizmaslik kerak, bundan ular sinishi mumkin. Bunday holatda chigalni qo‘l bilan yechib, keyin tag‘in tarash mumkin bo‘ladi. Uy sharoitida sochlarni parvarishlashning yana bir siri shundaki, ularni ho‘l holicha taramaslik kerak. Binobarin, ho‘l sochlar taroqqa yopishadi va qattiq cho‘ziladi. Bu bilan soch tuzilishi buziladi, teri ko‘chadi va ular sina boshlaydi.

Yana o‘qing:  G‘ALABALAR BARDAVOM BO‘LSIN

Soch uchun rezinka tanlashga ma’suliyat bilan yondoshish foydadan xoli bo‘lmaydi. O‘ta tarang va kalta rezinka sochlarni qattiq chandib, ildizini shikastlab, ularning to‘kilishiga olib kelishi mumkin. Keng va yumshoq rezinkalarni sotib oling.

Ularni to‘g‘ri oziqlantirish

Sochlarni to‘g‘ri oziqlantirish ularni parvarishlashda muhim ahamiyatga ega. Chunki, parvarish nafaqat ular go‘zalligining, balki butun organizmning yosh ko‘rinishi, faolligi va sog‘lomligining kafolati hisoblanadi. Sochlar zebo ko‘rinishi uchun ularni oziqlantirishda asosiy elementlar – don mahsulotlari, loviya, qatiq, yangi uzilgan meva-sabzavotlar, go‘sht va baliq tanovul eting. Tabiiy sharbatlarni ko‘proq iste’mol qilish maqsadga muvofiqdir. Shirinlik, xamir ovqat, achchiq va qovurilgan ovqatlarni kamroq iste’mol qiling. Har kuni kerakli miqdorda suv yoki ko‘p miqdorda suyuq ovqatlar, tabiiy sharbatlarni ichishni unutmang.

Vasila PO‘LATOVA tayyorladi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: