ILG‘OR G‘OYa VA ISHLANMALAR – TARAQQIYOT OMILI
Andijonda IX innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar hududiy yarmarkasi bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi, viloyat hokimligi, viloyat hududiy innovatsiya faoliyati va texnologiyalar transferi markazi hamkorligida tashkil etilgan yarmarkada ilmiy-tadqiqot institutlari hamda tajriba-konstruktorlik muassasalarining 250 dan ortiq innovatsion texnologiya, ishlanma va g‘oyalari namoyish etildi.
Yarmarkada sanoat korxonalari va tashkilotlar, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’yektlari bilan yangi texnologiya, loyiha va ishlanmalarni xarid qilish, sotish yuzasidan bir qator shartnomalar imzolandi.
U. MAMARASULOV,
Andijon viloyati