SIFATNI UY EGASI HAM NAZORAT QILADI

Milliy matbuot markazida “Qishloq qurilish invest” injiniring kompaniyasi tomonidan qishloq joylarda namunaviy loyihalar asosida yakka tartibda uy-joy qurilishi dasturining ijrosiga bag‘ishlangan matbuot anjumanida shu haqda so‘z bordi.

2009–2015 yillarda 620 dan ziyod qishloq massivida 56 ming 500 dan ortiq ana shunday uy-joy barpo etildi. Joriy yilda takomillashtirilgan loyihalar asosida 1 million 800 ming kvadrat metrdan ziyod hajmdagi 13 mingta uy-joy barpo etish, uzunligi 900 kilometr ichimlik suvi, gaz va elektr tarmoqlari, 325 kilometr yo‘l qurish mo‘ljallanmoqda.

Yakka tartibdagi uy-joylar, madaniy-maishiy va infratuzilma ob’yektlarining qurilishini boshqarish, texnik kuzatuv va nazorat funksiyalari “Qishloq qurilish invest” injiniring kompaniyasi tomonidan amalga oshiriladi. Kompaniya tomonidan quriladigan uy-joylar qiymatining mo‘tadilligini ta’minlash maqsadida pudratchilarga yog‘och-taxta, tom yopqichlari, laminat, oyna, isitgich, ichki va tashqi bo‘yoq, gaz plitasi kabi o‘n ikki xildagi qurilish materiallari to‘g‘ridan-to‘g‘ri qurilish maydonlariga imtiyozli narxlarda yetkazib berilmoqda.

Matbuot anjumanida jurnalistlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.

G. ShIRINOVA

Vam mojet takje ponravitsya...

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: