BOLANGIZNING KO‘RISH XOTIRASI YAXShIMI?

5-6 yoshli bolalarda quyidagi metodikalar yordamida tajriba o‘tkazamiz. Ushbu metodika bolaning ko‘rish xotirasini qay darajada ekanligiga qaratilgan.

Yuqorida ko‘rsatilgan shakllarni bolaga ko‘rsatib, ularni eslab qolishini so‘raymiz. Keyin shakllar chizilgan qog‘ozni olib qo‘yib, endi esingda qolganini chiz deya bolaga 10-15 daqiqa vaqt beriladi.

Yana bir uslub maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyachilari va psixologlari tomonidan o‘tkazilib, bolalarning idrok va tafakkurining rivojlanganlik darajasini aniqlash uchun mo‘ljallangan.

Foydalaniladigan detallar. 3 ta quticha, birinchi qutichaning yon tomonida to‘rtburchak, ikkinchi qutichaning yon tomonida doira, uchinchi qutichaning yon tomonida uchburchak shakllari aks ettirilgan bo‘lib, 8 ta to‘rtburchak, 8 ta doira, 8 ta uchburchak shaklidagi 24 ta buyumlardan iborat. Har bir shakllar katta va kichik hajmdagi predmetlarga bo‘linadi (4 ta kichik va 4 ta katta).

To‘rtburchak shakldagi predmetlarga-kubik, gugurt qutisi, sovun, kitob va boshqalar kiradi.

Doiraga esa tanga, tugmacha, shar, koptok uchburchak shakldagi buyumlarga konus, kalit, archa, raketani misol qilish mumkin.

Bolaning oldiga qutichalar qo‘yilib har bir predmet bittadan ko‘rsatiladi va qanday shaklga o‘xshashligi so‘raladi. U javob bergandan so‘ng ushbu predmetni boladan mos keladigan qutichaga solishi so‘raladi. So‘ngra keyingi predmet unga ko‘rsatiladi va yana savollar qaytariladi. Shu tariqa hamma 24 ta buyum bolaga birin-ketin ko‘rsatiladi va shakllarga mos ravishda qutichalarga joylashtiriladi.

Natijalarni baholash: har bir to‘g‘ri javob uchun 1 ball beriladi. Yuqori ball 24 ball.

Eslatma: metodika har bir bola bilan alohida o‘tkazilib, 15-20 daqiqadan oshmasligi kerak.

Tajriba natijalari shuni ko‘rsatmoqdaki, bolalarning xotirasi 40 nafardan 18 nafari yuqori darajada, 15 nafari o‘rta darajada, 7 nafari past darajada ekanligi kuzatildi.

Ularning idrok va tafakkurini aniqlashga qaratilgan metodika natijasi 40 nafar boladan 23 tasi yuqori ko‘rsatgichni, 13 tasi o‘rta ko‘rsatgichni, 5 tasi past ko‘rsatgichni egalladi.

Yuqorida aytib o‘tilgan natijalar quvonarli holdir. Demak, farzandlarimizga yaratilayotgan barcha qulay shart-sharoitlar ularning sog‘lom va intellektual jihatdan barkamol voyaga yetishlari uchun mustahkam zamin yaratmoqda.

Matluba TAGAYEVA,

poytaxtimizdagi 125-maktab psixologi

Yana o‘qing:  Malakali tibbiy xizmat – sog‘lom hayot kafolati

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: