Farmatsevtika sanoati: Kelgusi rejalar, ustuvor vazifalar

O‘zbekiston Milliy matbuot markazida “O‘zbekiston Respublikasida farmatsevtika sanoatining holati va uning rivojlanish istiqbollari” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi.

Unda so‘zga chiqqanlar yurtimizda farmatsevtika sanoati jadal sur’atlarda rivojlayotgani, mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalar sonining ortib borayotgani va dori-darmon vositalarining eksport hajmi yildan-yilga ortib borayotgani xususida to‘xtaldilar.

Tadbirda qayd etildiki, ayni vaqtda “O‘zfarmsanoat” DAK tarkibidagi dori vositalarini ishlab chiqaruvchi korxonalar soni 78 ta, diagnostika vositalarini ishlab chiqaruvchi korxonalar 4 ta, tibbiyot buyumlarini ishlab chiqaruvchi korxonalar 42 ta, mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalar 142 tani tashkil qiladi. Farmatsevtika mahsulotlarining eksport dinamikasi 2015 yilda 11, 1 mln. AQSH dollarini tashkil qilgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 2016 yilda 120, 09 mln. AQSH dollariga yetishi ko‘zda tutilgan.

O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan dori vositalari Estoniya, Latviya, Litva, Polsha, Germaniya, Janubiy Koreya, Xitoy, Hindiston va shu kabi bir qator mamlakatlarga eksport qilinadi.

Yana o‘qing:  SOG‘LOM ONA – BARKAMOL AVLOD

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: