QULOQ NEGA YOMON ESHITADI?

Uning sabab va oqibatlari

Yoningizdagi keksa odam baland ovozda gapirib, aytgan gaplaringizni qayta-qayta so‘rayaptimi? Yoki televizorni baland ovozda eshityaptimi? Demak, bu xastalik. Unga jiddiy e’tibor bermoq lozim. Quloqning yomon eshitishi kayfiyatning sezilarli darajada tushishi va hatto, ruhiy siqilishga olib keladi.

Eshitish bilan bog‘liq muammolar har bir keksa yoshli odam orasida ko‘p uchraydigan shikoyatdir. Bu muammodan 65 yoshli keksalarning har to‘rttadan bittasi va 70 yashar keksalarning har ikkitadan bittasi aziyat chekadi. Eshitish qobiliyatini asta-sekin yo‘qolishi yoki yomonlashuvining asosiy sababi yosh bilan bog‘liq fiziologik o‘zgarishlardir. Qolaversa quloqning og‘irlashishi qandli diabetning oqibati ham bo‘ladi. Chunki, qonda qand miqdorining oshib ketishi quloqdagi mayda qon tomirchalariga jiddiy zarar yetkazadi. Shuningdek, gripp va O‘RVI (o‘tkir respirator virusli infeksiyalar) dan so‘ng ham og‘ir asorat sifatida qolgan bo‘lishi mumkin. Shuning uchun eshitish qobiliyatiga bog‘liq muammolar paydo bo‘lsa zudlik bilan kasallikning oldini olish choralarini ko‘rish lozim.

Kelib chiqish sababidan qat’i nazar eshitish qobiliyatining tushib ketishi keksalar uchun jiddiy muammodir. Ular bu muammoga bo‘yin egishni istamaydilar va yaqinlarining oldida o‘zlarini hech narsa bezovta qilmayotgandek tutadilar. Oxir-oqibatda ular jamiyatdan, oilaviy hayotdan uzoqlashadilar. Negaki eshitmaganliklari sababli muloqotga kirishish ularga qiyinchilik tug‘diradi. Eshitmaslik oqibatida yaqin kishilar bilan paydo bo‘luvchi o‘zaro tushunmovchiliklar yoki oddiy kundalik hayotdagi mayda-chuydalarni hal etolmaslik qariyalarga og‘ir ruhiy zarba bo‘ladi. Tadqiqotlarga ko‘ra eshitish qobiliyatini yo‘qotgan keksalar qulog‘i yaxshiroq eshitadigan tengdoshlariga nisbatan ko‘proq o‘zgaruvchan kayfiyatga ega bo‘lib, ruhan ezilishar ekan.

Yaqinlarimizda eshitish bilan bog‘liq muammolar tug‘ilganda, ularga g‘amxo‘rlik qilishimiz kerak. Ayniqsa, bugun eshitish qobiliyatini zamonaviy eshitish apparatlari bilan yaxshilash juda keng tarqalgan oddiy usullaridan biriga aylandi. Ushbu zamonaviy eshitish moslamalarini taqish kundalik hayotda hech qanday qiyinchilik tug‘dirmaydi. Ular foydalanishda ixchamligi, yengilligi va qulayligi bilan afzaldir.

Ushbu maxsus moslamasini taqish yoki taqmaslikni mutaxassis shifokor tegishli ko‘rik o‘tkazgandan so‘ng hal etadi. Mutaxassis shifokor bemorga qaysi turdagi moslama tanlashni tavsiya etadi va undan qanday foydalanishni tushuntirib beradi.

Vasila PO‘LATOVA

Yana o‘qing:  Speleoterapiya

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: