Ehtiyotkorlik – xavfsizlik garovi

Xalqimizda “O‘t balosidan, suv balosidan asrasin” degan naql bejiz aytilmagan. Zero, tilsiz yov bilan kurashish faqatgina yong‘in xavfsizligi xizmati xodimlarining emas har bir fuqaroning burchidir.

Mamlakatimizda bu borada ko‘plab tadbirlar amalga oshirilmoqda. Yong‘in xavfsizligi xizmati xodimlari tomonidan joylarda, aholi o‘rtasida yong‘in xavfsizligi qonun-qoidalarini tushuntirish va ularga rioya qilish bo‘yicha uchrashuvlar tashkil etilgan. Amalga oshirilayotgan tadbirlardan ko‘zlangan maqsad aholi o‘rtasida yong‘inga qarshi kurashni kuchaytirishdan iborat. Yong‘in xavsizligini ta’minlashda quyidagi qoidalarga rioya qilish lozim:

– Ochiq alangadan foydalanayotganda ehtiyotkorlik choralarini ko‘rish.

– Elektr va gaz asboblarini doimo soz holda tutish va nosoz holatda, qo‘lbola tayyorlangan elektr va gaz asboblaridan foydalanmaslik.

Yuqoridagi qoidalarga rioya qilinsa har bir fuqaro o‘z uy-joyini, mol-mulkini, yaqin kishilari hayotini asrab qolgan bo‘ladi.

N. HAYDAROV,

Shayxontohur tumani 13-sonli XYOXQ boshliq o‘rinbosari

Yana o‘qing:  O‘rik – hayotiy quvvat manbai

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: