XORIJNI ZABT ETAYOTGAN O‘ZBEK LIBOSLARI

O‘zbekiston milliy matbuot markazida “O‘zbekengilsanoat” ochiq aksiyadorlik jamiyati tomonidan davra suhbati tashkil etildi.

Mazkur anjumanda ta’kidlanganidek mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan tekistil va trikotaj mahsulotlari 55 tadan ziyod xorijiy davlatlarga eksport qilinmoqda.

Tadbirda asosiy e’tibor bolalar sport kiyimlarini ishlab chiqarishni yanada ko‘paytirish, eksportni oshirish, xorijiy investsiyalarni keng jalb etish masalalariga qaratilayotgani ta’kidlandi.

2016 yilning oxiriga qadar 1, 1 milliard dollarlik mahsulotlar eksport qilish hamda 32 ta investitsiya loyihalarini amalga oshirish rejalashtirilgan. Shuningdek 24 ta yangi korxonalarni ishga tushirish, 8 ta modernizatsiya qilish evaziga 12 ming 700 ta yangi ish o‘rinlari yaratish ko‘zda tutilgan. Matbuot anjuman yakunida sohaning nufuzli mutaxassislari ommaviy axborot vositalari xodimlarining savollariga atroflicha javob berishdi.

J. HAYDAROVA

Yana o‘qing:  Xushxabar, raqamlar (2015/25)

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: