OBOD YURTNING BAXTLI QIZLARI
O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasining tashabbusi bilan poytaxtimizdagi 254-sonli maktabda “Obod yurtning baxtli qizlari” deb nomlangan yoshlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Anjumanda so‘zga chiqqanlar Zulfiya nomidagi Davlat mukofotining mohiyati, uning yoshlarimiz hayotida tutgan o‘rni haqida gapirar ekan, ushbu tadbir ham mukofotga nomzodlar tayyorlash tizimini takomillashtirish maqsadida o‘tkazilayotganini ta’kidladilar.
Bugungi kunda mukofotga sazovor bo‘lgan qizlarning soni 226 nafarni tashkil etadi. Ulardan sakkiz nafari O‘zbekiston Prezidenti stipendiyasi, 11 nafari Navoiy va Ibn Sino stipendiyalari sovrindorlari. 81 nafari esa Osiyo, jahon va boshqa turli xalqaro musobaqa va tanlovlar g‘olibidir.
Tadbirda Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga sazovor bo‘lgan qizlar ishtirok etib, o‘quvchilar va tadbir ishtirokchilarining savollariga javob berdilar.
Muhabbat XO‘JAMURODOVA