TAEKVONDOCHILARIMIZ MUVAFFAQIYATI

Turkiyada Taekvondo VTF bo‘yicha O‘zbekiston o‘smirlar va kattalar terma jamoasi a’zolari an’anaviy ravishda o‘tkazib kelinayotgan Turkish Open – 2016 turnirida ishtirok etishmoqda.

Antaliya shahri mezbonlik qilayotgan musobaqada Jasur Boyqo‘ziyev, Nikita va Maksim Rafalovich, Temurbek O‘rolov, Valentin Xegay singari tajribali sportchilarimiz yurtimiz sharafini himoya qilishdi.

Ulardan 74 kg vaznda ishtirok etgan Nikita Rafalovich barcha raqiblarini mag‘lubiyatga uchratib, oltin medalga sazovor bo‘ldi. 80 kg vaznda qatnashgan Maksim Rafalovich esa finalda turkiyalik Yunus Sariga imkoniyatni boy berib, kumush medal bilan taqdirlandi. 87 kg vazn toifasida yurtimiz sport sharafini himoya qilgan eng tajribali sportchimiz jahon vitse-chempioni Jasur Boyqo‘ziyev ham kumush medalni qo‘lga kiritdi. Shuningdek, Svetlana Osipova, Madinabonu Mannopovalar ham kumush, Go‘zal Norboboyeva, Nigora Tursunqulova hamda Charos Qayumova bronza medallari bilan taqdirlanishdi.

T. ORTIQOVA

Yana o‘qing:  Reproduktiv salomatlik – barqaror hayot kafolati

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: