KICHKINTOYNING DORI QUTISI

Kichkintoy doimo parvarishga muhtoj. Chaqaloq tug‘ilguniga qadar unga kerak bo‘ladigan dori-darmonlar, maxsus gigiyenik vositalar tayyorlab qo‘yilsa, u tug‘ilganidan so‘ng ortiqcha yugur-yugurlarning oldi olinadi. Yangi mehmon uyingizga tashrif buyurishining ilk kunidan boshlab bolajon dori qutisiga ehtiyoj seziladi. Demak, tabiiy ravishda savol tug‘iladi – mazkur quti o‘zida qanday vositalarni jamlashi kerak?

Bu quticha ichida gigiyenik vositalar, kindik yarasi uchun antiseptik vositalar, biroz nimjon bo‘lib tug‘ilgan bolaga alohida, shoshilinch yordam uchun kerak bo‘ladigan dori-darmonlardan iborat bo‘lishi kerak. Cho‘milishga mo‘ljallangan bolalar sovuni, bo‘g‘imlarni moylashga mo‘ljallangan krem, taglik ostidan sepishga mo‘ljallangan upa gigiyenik parvarishlovchi vositalar sirasiga kiradi. Uni krem bilan bir vaqtda qo‘llash mumkin emas. Go‘dakni uqalash uchun mo‘ljallangan maxsus moy, quloq va burunni tozalashga va kindik atrofini tozalash uchun foydalanishga mo‘ljallangan maxsus paxta shuningdek, shoshilinch vaqtlarda kerak bo‘ladigan nam sochiqchalar ham go‘dak parvarishida muhim ahamiyatga ega.

Parvarishlashda kerak bo‘ladigan vositalar

– Tirnoq olishga mo‘ljallangan kichik qaychi, u maxsus himoyalovchi g‘ilofga ega bo‘lishi kerak.

– Cho‘milish vaqtida suvning haroratini o‘lchashga mo‘ljallangan harorat o‘lchagich (termometr).

– Burundagi ajralmani ketkazishda yordamlashuvchi moslama.

Tibbiy anjomlar

Quloq va burunga dori moddasini tomizishga mo‘ljallangan tomizgich – 2 dona.

Qorin og‘riqlarini bartaraf qilishga ko‘maklashuvchi rezina grelka.

Huqna uchun mo‘ljallangan kichik noksimon moslama – 25 ml.

Tana haroratini o‘zgarishini o‘lchab boruvchi harorat o‘lchagich.

Bog‘lashga mo‘ljallangan toza (steril) bint.

Dori ichirishga mo‘ljallangan o‘lchagichli qoshiq yoki shprits.

Antiseptik moddalar

– Perekis vodorod 3 foiz.

– Steril salfetka.

– Dezinfeksiya uchun mo‘ljallangan tibbiyot spirti (etil spirti 70 foizli).

Bundan tashqari bolaning dori qutisiga shifokor bilan maslahatlashib, shifobaxsh o‘tlar ham solishingiz mumkin. Masalan, moychechakning maxsus quritilgan turini bolajonni cho‘milishida ishlatsa bo‘ladi. U antiseptik xususiyatga ega bo‘lib, bola terisiga yaxshi ta’sir qilib, turli xil yallig‘lanishlarni oldini oladi.

Yuqorida sanab o‘tilgan vositalar bolajon uchun eng muhim bo‘lib, ular shoshilinch vaziyatlar uchun mo‘ljallangan. Keyinchalik shifokoringiz tavsiyasiga ko‘ra qo‘shimcha vositalarni dori qutisiga qo‘yishingiz mumkin.

Maxsus dori qutisi ikki qismdan iborat. Uning birinchi qismida doimiy ishlatiladigan, ikkinchi qismida esa shoshilinch vaziyatlarda zarur bo‘ladigan dori vositalari saqlanadi. Mazkur dori-darmon solingan qutini quruq va qorong‘u joyda saqlash maqsadga muvofiq. Shamcha va malham dorilar sovutgichda saqlanishi zarur. Unutmang, saqlanayotgan dori vositalarining yaroqlilik muddati va qayerda ishlab chiqarilgani bilan tanishib chiqish go‘dak sog‘lig‘i uchun juda muhim.

Yana o‘qing:  BEMOR BOLALAR CHET ELDA SOG‘LOMLASHTIRIladi

Bolalar shifokori Lola MUSAJONOVA tavsiyalari asosida Xurshida HUSENOVA tayyorladi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: