QABZIYAT VA ICHAK DISKINEZIYASIDA PARHEZ

Bu xastalikda bemor achchiq va sho‘r ziravorlar, souslar mutlaqo berilmaydi, osh tuzi kamaytiriladi. Bundan tashqari, dag‘al tola (kletchatka)li to‘qima sabzavotlar, loviya, no‘xat, qaymog‘i olinmagan sut, dudlangan mahsulotlarni yeyish mutlaqo mumkin emas.

Ovqatni iliq holida tanovul qilish lozim. Yozning issiq paytlarida ovqatning ko‘proq qismini salqin paytda (ertalab va kechqurun) yeyish kerak.

Yo‘g‘on ichak diskineziyasi (torayishi)da dimlab yoki bug‘da pishirilgan qovoq, behi, suvda yoki bug‘da pishirilgan sabzi, anjir tavsiya etiladi.

Sabzavot va mevalar tarkibida kletchatka ko‘p bo‘ladi. Zero, kletchatka ichak harakatini yaxshilaydi va ichni yurishtiradi. Agar kolit oqibatida jigar ham zararlangan bo‘lsa, ichni yurishtiradigan shirinliklar – qand, asal, shuningdek, turli sharbatlar, meva suvlari, ayniqsa, ularni ertalab nahorga ichish foydali.

Kech kuzda, qishda va erta bahorda, ya’ni ho‘l mevalar bo‘lmagan paytlarda meva qoqilaridan kompot tayyorlab, qaynatma qilib ichish maqsadga muvofiq. Qaynatma quyidagi usulda tayyorlanadi. Meva qoqilar (olma, olcha, shaftoli, nok, qora olxo‘ri qoqilari, turshak)dan teng miqdorda hammasi bo‘lib 0, 5 kg miqdorda olinadi. Hamda ushbu qoqilar yig‘masiga 1: 4 nisbatda suv quyib, 45 daqiqa qaynatiladi. Qaynatmani dokadan o‘tkazib, qolgan quyuq mevalar etini bemorga bo‘lib-bo‘lib bir necha kun mobaynida beriladi.

Yana o‘qing:  Laktostaz – talaba onalar xastaligi (mi?)

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: