RAQAMLAR OLAMIGA SAYOHAT

Yozuv taxtasiga sana yoziladi. O‘qituvchi bolalardan so‘raydi:

– Bolalar biz nechanchi yilga qadam qo‘ydik. Bolalar jo‘r bo‘lib:

– 2016-yilga, – deya javob berishadi.

– 2016-yil Prezidentimiz tomonidan qanday nomlandi?

– Sog‘lom ona va bola yili.

Matematika fan oyligida tashkil etilgan maxsus dars shu tarzda boshlandi. Darsni olib borish uslubi o‘zgacha tarzda o‘tkazildi. Bolalar uch guruhga bo‘lindilar: “Mustaqillik”, “Tinchlik” hamda “Ozodlik”. Guruhlar stol atrofida aylana usulida joylashib olib o‘z guruhlariga ta’rif berdilar. So‘ngra xayolan “Afrosiyob” poezdida sayohatga chiqishadi. Ustoz o‘quvchilarga ushbu poezd haqida ma’lumot berib o‘tdi.

Bolalar birgalikda ilk bekat – Samarqand shahriga kelishdi. Slayd orqali bolalarga Samarqandning qadimiy obidalari ko‘rsatib o‘tiladi. Bu bolalarning tasavvurini boyitadi. Registon maydonida “Sirli sandiq”ni qo‘lga kiritgan o‘quvchilar sandiq ichidan olgan misollarni yozishadi. 650 va 450 sonlarining ayirmasini 33 marta orttirib yozish, 260 va 140 sonlarining yig‘indisini 2 marta kamaytirib yozish, 670 va 230 sonlarining yig‘indisini 9 marta kamaytirib yozish o‘quvchilari uchun jiddiy misol bo‘ldi. Ammo uddaburon guruh bolalari hech qiynalmay buning uddasidan chiqishdi. Matematik topshiriqni to‘g‘ri bajara olgan guruh navbatdagi bekatga yo‘l oladi. Manzil Jizzax shahri. Bu bekat “Epchillar” bekati bo‘lib, unda o‘tilgan mavzuni mustahkamlash uchun testdan foydalaniladi. Guruhlarga test materiallar tarqatildi. Vaqt belgilandi. Bilimli o‘quvchilar navbatdagi shartni ham a’lo bajardilar va “Istiqlol” nishoni bilan taqdirlandilar. O‘quvchilar mashg‘ulotlarni to‘g‘ri bajarib borish davomida shahrimiz bo‘ylab “Afrosiyob” poezdida sayohat uyushtirishdi. Bu bekatlarda o‘quvchilar qo‘shish va ayirish amallariga doir misol va masalalarni ham yechishdi. Guruhlarga uchtadan misol berildi. Javoblar “Charxpalak” metodidan foydalanib tekshirildi. Vaqt tugagach o‘quvchilar javob varaqlariga o‘zining ismi va guruh nomini yozdilar. Javoblar boshqa guruhlar bilan charxpalak usulida almashtirildi. Ekranda to‘g‘ri javoblar berildi. Sinfdoshlari yechgan misollarni javoblar bilan taqqoslab ball qo‘ydilar. Keyin birma-bir qo‘ygan ballarini izohlab berdilar. Bu esa o‘qituvchi tomonidan nazorat qilindi. Shu tariqa o‘quvchilar bu bekatda ham “Istiqlol” nishoniga erishishgach keyingi bekatlar Toshkent shahri “Topqirlar bekati” so‘ngra beshinchi bekat “Zukkolar” bekatiga sayohat uyushtirishdi. Ushbu bekatlarda topishmoqlar va boshqa boshqotirmalar orqali o‘quvchilar sinovdan o‘tkazildi. G‘oliblar har doimgidek “Istiqlol” nishoni bilan taqdirlanishdi.

Яна ўқинг:  САРАТОН КАСАЛЛИГИНИ АНИҚЛАЙДИГАН ТЕЗКОР ТЕСТ

Dars so‘nggida faol qatnashgan o‘quvchilar, guruhlarda yig‘ilgan nishonlar hisoblandi. G‘olib guruh aniqlanib, guruhlar o‘rtasidagi bilimlar reyting usulida baholanadi. Faol qatnashgan o‘quvchilarning ota-onalariga tashakkurnomalar beriladi. Mazkur ochiq dars davomida bolalar matematika fanida olgan bilimlarini mustahkamlab borish bilan birga yurtimiz tarixiga oid bilimlarni egallab Vatanparvarlik ruhida kamol topishiga xizmat qiladi.

Nargiza ZAYNIDDINOVA,

Jizzax viloyati Mirzacho‘l tumani 9–umumta’lim maktabi o‘qituvchisi

Читайте также:

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Сообщить об опечатке

Текст, который будет отправлен нашим редакторам: