DIQQAT! E’LON!

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi “Sog‘lom ona va bola yili” Davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosiga NNTlarni keng jalb qilish” mavzusida NNTlari va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalariga Davlat grantlarini ajratish uchun hujjatlar qabul qilinishi boshlanganligini E’LON QILADI

Quyidagi yo‘nalishlarni nazarda tutuvchi ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalar qabul qilinadi:

1. Oila va jamiyatda ayollarning roli va mavqeini oshirish, ularning ijtimoiy faolligini kuchaytirish, bandligini ta’minlash, iqtisodiyotning turli tarmoqlari va sohalarida ayollar faoliyatini munosib rag‘batlantirish, ayollarning o‘z imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish hamda kundalik uy mehnatini yengillashtirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish.

2. Qiz bolalarning – bo‘lajak onalarning zamonaviy bilimlar va kasblarni egallashlarini ta’minlashga qaratilgan ishlarni kuchaytirish, ularda hayotda o‘zining munosib o‘rnini egallash, kelajakda sog‘lom va mustahkam oila qurishning asosiy sharti sifatida qat’iy hayotiy pozitsiyani va mustaqil fikrlashni shakllantirish.

3. Mustahkam oila qurish va sog‘lom farzand tug‘ilishi uchun nikoh tuzishdan oldin tibbiy ko‘rikdan o‘tishning muhimligini, shuningdek erta va qarindoshlar o‘rtasidagi nikohlarning salbiy oqibatlari to‘g‘risidagi axborotni aholining keng qatlamlari ongiga yetkazish.

4. Aholining tibbiy madaniyatini oshirish, sanitariya va gigiyena, homilador ayollarning sog‘lig‘ini saqlash va psixofiziologik ahvolini yaxshilash, yosh onalar va bolalarni tegishli tarzda parvarish qilish, ularning ovqatlanish ratsionining sifati va kaloriyaliligini ta’minlash masalalari yuzasidan keng axborot-tushuntirish ishlarini o‘tkazish.

5. Oila, onalik va bolalikni muhofaza qilish, ayollar manfaatlarini himoya qilish, sog‘lom bolani tarbiyalashda ularning rolini oshirish, kuchli, barqaror va ravnaq topayotgan davlatning negizi sifatida oila institutini mustahkamlash masalalariga bag‘ishlangan amaliy tadbirlarni amalga oshirish.

6. Mamlakatimizda tinchlik, osoyishtalik va farovonlikni yanada mustahkamlashning muhim sharti sifatida oilalarda sog‘lom ma’naviy muhitni, xususan, er-xotin, ota-onalar va farzandlar, qaynona va kelin o‘rtasida, qo‘shnilar o‘rtasida o‘zaro hurmat-ehtirom, ezgulik va mehr-muhabbat muhitini yaratishga ko‘maklashish.

7. Jismonan sog‘lom, ma’nan yetuk va barkamol avlodni tarbiyalash, azaliy milliy qadriyatlarni saqlash va mustahkamlash, jamiyatda yuksak ahloq muhitini qaror toptirishda oilaning rolini kuchaytirish.

8. Oila, onalik va bolalik muhofazasi sohasidagi qonun hujjatlariga rioya qilish, shuningdek “Sog‘lom ona va bola yili” Davlat dasturining bajarilishi yuzasidan jamoatchilik nazoratini yo‘lga qo‘yish.

Yana o‘qing:  Sport xabarlari

Davlat granti ajratilishi uchun quyidagi hujjatlarni taqdim etish zarur:

1. NNTlar va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining rahbari tomonidan imzolangan va muhr bilan tasdiqlangan kuzatuv xati;

2. www. fundngo. uz saytida joylashtirilgan shaklda to‘ldirilgan davlat granti loyihasi uchun ariza;

3. Oxirgi o‘zgartish va qo‘shimchalar bilan davlat ro‘yxatidan o‘tgan NNTlar va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining Ustavi (Nizomi) nusxasi;

4. Tashkilotning davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasi;

5. Agar loyihani amalga oshirish litsenziyalanadigan faoliyatni talab qilsa, unda litsenziyaning nusxasi taqdim etiladi.

6. Manfaatdor davlat va jamoat tashkilotlarining iltimosnomalari, tavsiya xatlari ilova qilinishi mumkin.

Bitta loyiha uchun ajratiladigan grant miqdori – 25 mln. so‘mgacha.

Hujjatlar 2016 yil 10 fevraldan 10 martgacha qabul qilinadi.

Hujjatlar “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi NNTlarni va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi” nomiga “O‘zbekiston pochtasi” orqali yuboriladigan muhrlangan konvertlarda (A4 formatda) quyidagi manzil bo‘yicha qabul qilinadi: 100035, Toshkent shahri, Bunyodkor ko‘chasi, 1-uy.

Hujjatlarni taqdim etish shartlari va namunalari bilan Jamoat fondining www. fundngo. uz rasmiy veb-saytida tanishish mumkin.

Ma’lumot uchun telefonlar:

(0-371) 239-26-76, 239-26-64.

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: